O`tgan konferensiya

HISOBLАSH MODELLАRI VА TEXNOLOGIYALАRI (HMT2022)

Oʼzbekiston Milliy universiteti hamkor taʼlim muassasalari bilan birgalikda istiqbolli mualliflarni oʼzlarining asl maqolalari bilan 2022 yilning 16-17 sentyabrida oʼtkaziladigan “Hisoblash modellari va texnologiyalari” nomli ikkinchi xalqaro konferentsiyada ishtirok etishga taklif qiladi.


HISOBLАSH MODELLАRI VА TEXNOLOGIYALАRI (HMT2020)

2020-yil 24-25-avgustda O‘zbekiston Milliy Universitetida “Hisoblash modellari va texnologiyalari” mavzusida O‘zbekiston-Malayziya xalqaro konfrensiya bo‘lib o’tdi.

Xalqaro konferentsiyada Malayziya, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Iordaniya, Аljir, Saudiya Аrabistoni, Indoneziya, АQSh va Iroq davlatlaridan delegatsiya aʼzolari ishtirok etishdi.

Konferentsiyada 2020 yil 24 avgust kuni plenar maʼruzada Prof., Dr. Daud Mohamad - Universiti Teknologi MARA (Malaysia), “Fuzzy Decision Making with Missing Information” mavzusida, 2020 yil 25 avgust kuni esa plenar maʼruzada Professor, Dr., A.S. Rasulov University of World Economy and Diplomacy(Uzbekistan), “Monte Carlo methods for pricing weather derivatives” mavzusida maʼruza qilishdi.

Konferentsiyada maʼruza qilingan ilmiy ishlardan 98 tasi AIP Conference Proceedings of International Uzbekistan-Malaysia online conference on “Computational Models and Technologies (CMT 2020)” held in Tashkent. – Uzbekistan, 2020. jurnalida nashr etildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari kitobda chop etildi:

-        Abstracts of the Uzbekistan-Malaysia international online conference “Computational models and technologies”. – Navoi: Universitet, 2020 y. – p.254.


<