Maqola topshirish

Maqola topshirish

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti amaliy matematika sohasida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilarni o‘zlarining maqolalari bilan 2024 yilning 27 aprelida professor M.I.Isroilov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “HISOBLASH MODELLARI VA TEXNOLOGIYALARI(CMT2024)” nomli uchinchi xalqaro seminarda ishtirok etishga taklif qiladi. Seminarning maqsadi tadqiqotchilarning hisoblash modellari va texnologiyalari sohasi bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijalari bilan o‘rtoqlash va ilmiy munozaralar uchun muhit yaratishdir. Qabul qilingan tezislar seminarning tezislar to‘plamida chop etiladi va seminar saytiga joylashtiriladi.