CMT2026-Ikkinchi axborot xati

📢 E’LON

“Hisoblash modellari va texnologiyalari (CMT2026)” xalqaro ilmiy konferensiyasining ikkinchi axborot xati rasmiy ravishda e’lon qilindi.

Konferensiya 2026 yil 4–5 sentyabr kunlari Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi axborot xatida konferensiya sho‘balari, muhim sanalar, ishtirok shakllari va badal to‘lovlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

📌 Maqolalarni topshirish muddati: 2026 yil 1 iyul
📌 Konferensiyaning ishchi tili: ingliz tili
📌 Ishtirok shakli: offlayn va onlayn

Batafsil ma’lumot:
🌐 http://cmt.nuu.uz
📧 cmtnuu@gmail.com
📱 Telegram: @conf_cmt_2026

Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarni konferensiyada faol ishtirok etishga taklif etamiz.