E’lon
“Hisoblash modellari va texnologiyalari (CMT2026)” nomli IV xalqaro ilmiy konferensiya 2026-yil 4–5 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur konferensiya Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilib, amaliy matematika, hisoblash modellari va intellektual texnologiyalar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan olimlar va tadqiqotchilarni bir maydonga jamlaydi. Anjumanda zamonaviy ilmiy natijalarni muhokama qilish, tajriba almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda ishtirok etish uchun maqolalar ingliz tilida 5–10 bet hajmda LaTeX shablon asosida qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish va maqola topshirish muddati 2026-yil 1-iyulgacha, qatnashish shakli va to‘lovni tasdiqlash esa 1-avgustgacha davom etadi. Konferensiya offline va online formatda o‘tkaziladi hamda ijobiy baholangan ilmiy ishlarni nufuzli xalqaro bazalarda chop etish rejalashtirilgan.