Konferensiya haqida
HISOBLАSH MODELLАRI VА TEXNOLOGIYALАRI (CMT2026)
Konferensiya doirasi
IV Xalqaro ilmiy konferensiya “Computational Models and Technologies (CMT2026)” matematika, amaliy matematika, hisoblash modellari va intellektual texnologiyalar sohalaridagi so‘nggi ilmiy yutuqlarni muhokama qilish, tajriba almashish, olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga faol jalb etishga qaratilgan.
Konferensiya mavzulari quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi, biroq ular bilan cheklanmaydi:
• Algebra va analiz
• Differensial tenglamalar va matematik fizika
• Hisoblash matematikasi
• Geometriya va topologiya
• Amaliy matematika va matematik modellashtirish
• Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
• Axborot xavfsizligi va muhandislik texnologiyalari
• Sun’iy intellekt va intellektual texnologiyalar
Konferensiya 2026-yil 4–5-sentabr kunlari Toshkent shahrida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiya hamtashkilotchilari: Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti, Qozog‘iston; Hindiston texnologiya instituti Rurki, Hindiston; Toshkent xalqaro universiteti, O‘zbekiston.
Sizni ushbu mazmunli ilmiy tadbirda Toshkent shahrida kutib olishdan mamnun bo‘lamiz.
Konferensiya maqsadlari
Konferensiyaning maqsadi — matematika, amaliy matematika, hisoblash modellari va intellektual texnologiyalar sohasidagi zamonaviy ilmiy natijalarni muhokama qilish, tajriba almashish, olimlar va tadqiqotchilar orasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda yoshlarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilishdan iborat.